TAYANCH MIKROMOLIYA BANKIda yangi omonat turlari taqdim etiladi: «Tayanchim 2.0» va «Bugunoq foyda 2.0»

Hurmatli mijozlar va bankimiz omonatchilari!
«Tayanch Mikromoliya Banki» AJ 2026-yil 10-sentabr sanasidan e’tiboran yangilangan
«Tayanchim 2.0» hamda «Bugunoq foyda 2.0» milliy valyutadagi muddatli omonat mahsulotlarini yo‘lga qo‘ymoqda.
Yangi omonat shartlari bilan tanishing:
1. «Tayanchim 2.0» omonati.
Mablag‘larini har kuni daromad keltirishini xohlaydigan va istalgan vaqtda to‘ldirib borishni afzal ko‘radigan mijozlar uchun eng maqbul tanlov.
Yillik foiz stavkasi: 21%
Omonat muddati: 24 oy
Minimal miqdor: 100 000 so‘m
Maksimal miqdor: 200 000 000 so‘mgacha (bir omonatchining barcha omonatlari yig‘indisi 200 mln so‘mdan oshmasligi lozim)
Foizlarni to‘lash: Har kuni (mobil ilova yoki bank ofislarida ochilganligiga qarab tegishli hisobvaraqqa o‘tkaziladi)
Qo‘shimcha mablag‘ kiritish: Mavjud (mobil ilova orqali ochilganda kamida 1 000 so‘m, bank ofisida ochilganda kamida 100 000 so‘m)
Qisman yechib olish: Mavjud (omonatda kamida 100 000 so‘m qoldirilgan holda; muddatdan oldin yechib olinganda avvalgi hisoblangan foizlar yillik 16% stavkada qayta hisoblanadi)
Rasmiylashtirish: Mobil ilova orqali onlayn yoki Bank ofislarida
2. «Bugunoq foyda 2.0» omonati.
Omonat rasmiylashtirilgan kuniyoq barcha 2 yillik foiz daromadini oldindan, avans shaklida olishni xohlovchilar uchun maxsus taklif!
Yillik foiz stavkasi: 19%
Omonat muddati: 24 oy
Minimal miqdor: 1 000 000 so‘m
Maksimal miqdor: 144 900 000 so‘m (bir omonatchining barcha omonatlari yig‘indisi 200 mln so‘mdan oshmasligi lozim)
Foizlarni to‘lash: Omonatning to‘liq muddati uchun oldindan (avans tarzida)
Qo‘shimcha mablag‘ kiritish va qisman yechib olish: Mavjud emas
Muddatdan oldin yopilganda: Hisoblangan foizlar yillik 15% stavka bo‘yicha to‘liq oylar uchun qayta hisoblab chiqiladi.
Rasmiylashtirish: Mobil ilova orqali onlayn yoki Bank ofislarida
Amaldagi omonatlar bo‘yicha muhim eslatma (Arxivlanish):
2026-yil 10-sentabr kunidan e’tiboran amaldagi «Tayanchim» va «Bugunoq foyda» omonat turlarini ochishga yangi arizalarni qabul qilish to‘xtatiladi.
Mijozlarimiz diqqatiga:
2026-yil 09-sentabr soat 23:59 ga qadar ochilgan «Tayanchim» va «Bugunoq foyda» omonat shartnomalari o‘z kuchida qoladi! Ilgari tuzilgan shartnoma shartlari, foiz stavkalari va muddati omonat muddati oxirigacha o‘zgarmagan holda va to‘liq hajmda bajarilishi kafolatlanadi. Ma’lumotlar esa saytimizda va mobil ilovamizda arxiv shaklida saqlanadi.