Bankka murojaatlar

Murojaat shakli

«TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI» AJga murojaatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

Fuqarolarning murojaatlari og‘zaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Og‘zaki va yozma murojaatlar teng ahamiyatga ega. Murojaatlar yakka tartibda yoki jamoaviy bo‘lishi mumkin.

Fuqarolar murojaatlarining turlari

Ariza — fuqarolarning o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda ko‘mak so‘rab qilgan murojaati.

Taklif — davlat va jamoat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat.

Shikoyat — buzilgan huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni tiklash talabi bilan qilingan murojaat.

Fuqarolar murojaatlariga qo‘yiladigan talablar

Murojaatda fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ariza, taklif yoki shikoyatning mazmuni ko‘rsatilishi shart.

Yozma murojaatlar murojaat qiluvchining imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. Agar murojaatni shaxsan imzolash imkoni bo‘lmasa, u tuzuvchi shaxsning imzosi hamda uning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan holda tasdiqlanadi.

Familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi ko‘rsatilmagan yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar berilgan, shuningdek imzo qo‘yilmagan yozma murojaatlar anonim hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.

Iste’molchilar huquqlari

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish

Keng ma’noda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xizmat ko‘rsatuvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarning adolatli bo‘lishini ta’minlaydigan qonunlar hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar majmuasidir.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi odatda tovar va xizmatlar haqida ochiq va to‘liq ma’lumot berishni ta’minlash, bozorda raqobatni rivojlantirish, firibgarlikning oldini olish, iste’molchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish hamda insofsiz xatti-harakatlarga chek qo‘yishni o‘z ichiga oladi.

Agar iste’molchining huquqlari buzilgan bo‘lsa, u nima qilishi kerak?

Avvalo, huquqlari buzilgan taqdirda, bank rahbariyatiga og‘zaki yoki yozma ravishda darhol murojaat qilishi lozim.

Agar iste’molchining huquqlari tiklanmasa, u iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yoki bevosita sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Bundan tashqari, iste’molchi o‘z huquqlarini tiklashni so‘rab, Markaziy bankning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha apellyatsiya bo‘limiga ham murojaat qilishi mumkin.

Hujjatlar

Ariza qoldiring yoki filialimizga tashrif buyuring

Ariza qoldiring

Shaxs *
Murojaat mavzusi *

"Yuborish" tugmasini bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash