TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI: yangi rivojlanish bosqichining rasmiy ochilishi

Nashr etilgan sana:05.09.2026
O'qish vaqti:1 daqiqa
TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI: yangi rivojlanish bosqichining rasmiy ochilishi

5-sentabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining Ballroom zalida TAYANCH MIKROMOLIYA BANKIning rasmiy ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu kun kompaniya tarixida muhim bosqich — mikromoliya tashkilotidan mikromoliya bankiga o‘tish va rivojlanishning yangi davrining boshlanishi bo‘ldi.

Tadbirda OAV vakillari, blogerlar, fintech va bank sohasi ekspertlari, hamkorlar hamda turli soha mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbir davomida bank rahbariyati kompaniyaning transformatsiyasi, bankni tashkil etish bosqichlari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.
TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI o‘z faoliyatini kichik va o‘rta biznes, tadbirkorlar hamda jismoniy shaxslar uchun qulay, tushunarli va zamonaviy moliyaviy yechimlar yaratishga yo‘naltiradi. Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bilan birga, mijozlarga individual yondashuvni saqlab qolish bankning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Tadbir doirasida hamkorlar va professional hamjamiyat vakillari ham so‘zga chiqib, moliya sektorining rivojlanishi, zamonaviy marketing va raqamli transformatsiya masalalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar. Shuningdek, raqamli xavfsizlik va kiberxavflarga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

event all people

Rasmiy ochilish TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI uchun nafaqat yangi bosqichning boshlanishi, balki hamkorlar, ekspertlar va OAV vakillari bilan fikr almashish va kelgusidagi rejalarni belgilash imkoniyati bo‘ldi.


TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI yangi rivojlanish bosqichini boshlamoqda. Bank raqamli xizmatlarni rivojlantirish, moliyaviy mahsulotlar qatorini kengaytirish va mijozlarning real ehtiyojlariga javob beradigan yechimlarni yaratishni davom ettiradi.