DevushkaLaptop_Cafe сжатый
Omonat

«Tayanchim 2.0»

Foizlar har kuni hisoblanadi. Ularni omonat summasiga qo‘shing va daromadingizni oshiring.

Bugunoq banner сжатый
Omonat

«Bugunoq Foyda 2.0»

Omonat oching va butun muddat uchun foizlarni bugunoq oling.

O‘zingizga mos omonatni tanlang

Omonat

Tayanchim 2.0

Istalgan vaqtda omonatni to‘ldiring yoki undan mablag‘ning bir qismini yechib oling.

Minimal miqdor
100ming so‘m
Foiz stavkasi
21%
Batafsil
Omonat

Bugunoq Foyda 2.0

Omonat oching va butun muddat uchun foizlarni bugunoq oling.

Minimal miqdor
1mln. so'm
Foiz stavkasi
19%
Batafsil

Kalkulyator

Omonat ochilganda

Omonatni tanlang
Omonat summasi
8 300USD

*Hisob-kitob va shaxsiy taklif uchun ariza qoldiring, mutaxassislarimiz siz bilan bog'lanadi.

Omonatning yakuniy summasi:

Stavka
8%
Muddat
24oy
Muddat oxiridagi summa
9 628USD
Siz topasiz
+1 328USD

Barcha bank omonatlari Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan himoyalangan.

Agar sizda omonatlarni kafolatlash tizimi bo‘yicha savollar bo‘lsa, quyidagi aloqa ma’lumotlari orqali Omonatlarni kafolatlash agentligiga murojaat qilishingiz mumkin.

Agentlikning aloqa ma’lumotlari
Telefon: +998 555 500 500
Veb-sayt: https://fgd.uz

"Omonatlaringiz kafolatlangan"

Bankdagi omonatlar Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kafolatlanadi.

Kafolatlanadigan omonatlarga talab qilib olinguncha omonatlar (shu jumladan bank kartalaridagi mablag‘lar), muddatli va jamg‘arma omonatlari, shuningdek ular bo‘yicha hisoblangan foizlar kiradi.

Kompensatsiya to‘lash muddati. Kompensatsiya bankni tugatish (yopish) to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab 20 ish kuni ichida to‘lanadi.

  • 2026-yil 1-yanvardan — 15 ish kuni ichida;
  • 2027-yil 1-yanvardan — 7 ish kuni ichida.

Savollaringiz qoldimi?

Ha. “TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI” AJ Oʻzbekistondagi birinchi mikromoliya banki boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi. Jismoniy shaxslarning omonatlari 2025-yil 18-fevraldagi OʻRQ-1031-son “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq himoya qilinadi.

Omonatni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ochishlari mumkin. Omonatni Bank filialida yoki identifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng Tayanch mobil ilovasi orqali onlayn rasmiylashtirish mumkin.

Agar Siz har kuni qoʻshimcha daromad olishni istasangiz, har kunlik foiz toʻlanadigan omonatni tanlang. Agar barcha foizlarni darhol olishni afzal koʻrsangiz, foizlari omonat ochilganda avans tarzida toʻlanadigan omonat Siz uchun mos keladi.

Omonatchi uchun sezilarli farq yoʻq. Omonat bank omonati shartnomasi asosida rasmiylashtiriladi, foizlar esa uning shartlariga muvofiq hisoblanadi. Shu bilan birga, tijorat banklaridan farqli ravishda, mikromoliya banki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan ayrim cheklovlarni, jumladan, bir jismoniy shaxs omonatlarining maksimal miqdoriga oid cheklovni inobatga olgan holda faoliyat yuritadi.

TAYANCH MIKROMOLIYA BANKIdagi bir jismoniy shaxsning barcha omonatlarining umumiy summasi 200 000 000 soʻmdan oshmasligi kerak. Bu mikromoliya banklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan maksimal miqdordir.

Ha. Agar Siz identifikatsiyadan oʻtgan boʻlsangiz, omonatni tayanch mobil ilovasi orqali Bank filialiga bormasdan ochishingiz mumkin.

Foizlar tanlangan omonat shartlariga muvofiq hisoblanadi. Foizlarni hisoblash va toʻlash tartibi omonatning batafsil shartlarida koʻrsatilgan.

Ariza qoldiring yoki filialimizga tashrif buyuring

Ariza qoldirish

Ism *
Hudud (shahr) *
Telefon *
Xizmat turi *

"Yuborish" tugmasini bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash ga O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq rozilik bildirasiz