TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI’ga «uzB++» darajasidagi birlamchi kredit reytingi va «Barqaror» prognozi berildi

Nashr etilgan sana:10.02.2026
O'qish vaqti:2 daqiqa
TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI’ga «uzB++» darajasidagi birlamchi kredit reytingi va «Barqaror» prognozi berildi

TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI “Ahbor-Reyting” MChJ reyting agentligi tomonidan milliy shkala bo‘yicha «uzB++» darajasidagi birlamchi kredit reytingi va «Barqaror» prognoziga sazovor bo‘ldi. Mazkur baho bankning joriy moliyaviy barqarorligi, rivojlanish salohiyati hamda milliy moliya bozori talablariga mos faoliyat yuritayotganini aks ettiradi.

Kredit reytingining berilishi bank rivojlanishidagi muhim bosqich bo‘lib, zamonaviy, ishonchli va ommabop moliyaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan izchil ishlarning natijasini namoyon etadi.

Bank tarixi O‘zbekiston mikromoliya sektoridagi transformatsiya jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq. Aksiyadorlarning 2025-yil 15-apreldagi (2/2025-son bayonnoma) hamda 2025-yil 29-sentabrdagi (4/2025-son bayonnoma) navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlari qarorlariga muvofiq, “TAYYAB FINANCE MIKROMOLIYA TASHKILOTI” aksiyadorlik jamiyati qayta tashkil etildi va aksiyadorlik jamiyati tashkiliy-huquqiy shakli saqlangan holda mikromoliya bankiga aylantirildi.

ahbor reyting


Bugungi kunda TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi mikrokredit banki sifatida faoliyat yuritib, mijozlarga qulay, zamonaviy va texnologik bank xizmatlarini rivojlantirishni davom ettirmoqda.

Bank “TAYYAB FINANCE MIKROMOLIYA TASHKILOTI” AJning barcha huquq va majburiyatlari, jumladan shartnomaviy, moliyaviy va boshqa majburiyatlarining to‘liq huquqiy vorisi hisoblanadi hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatishning uzluksizligini ta’minlaydi.

Qisqa nom — tayanch ostida bank jismoniy va yuridik shaxslar uchun zamonaviy bank xizmatlari ekotizimini rivojlantirib bormoqda.

Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
— jismoniy va yuridik shaxslarning mablag‘larini omonatlarga jalb qilish;
— bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish;
— o‘z va jalb qilingan mablag‘larni qaytarishlilik, to‘lovlilik va muddatlilik shartlari asosida joylashtirish;
— qonunchilikda nazarda tutilgan shakllarda kreditlar ajratish;
— hisob-kitob va to‘lov xizmatlarini amalga oshirish;
— bank kartalarini chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish, elektron pullar bilan operatsiyalar;
— amaldagi qonunchilik doirasida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish.

«uzB++» darajasidagi reyting va «Barqaror» prognozining berilishi bank rivojlanishidagi muhim bosqich bo‘lib, tayanchning mijozlar, hamkorlar va investorlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash hamda mamlakat moliyaviy xizmatlari rivojiga hissa qo‘shish maqsadidagi intilishlarini ifodalaydi.