Umumiy ma'lumot
«Tayanchim»
.jpg&w=3840&q=75)
Kalkulyator
Omonat ochilganda
*Hisob-kitob va shaxsiy taklif uchun ariza qoldiring, mutaxassislarimiz siz bilan bog'lanadi.
Omonatning yakuniy summasi:
Barcha bank omonatlari Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan himoyalangan.
Agar sizda omonatlarni kafolatlash tizimi bo‘yicha savollar bo‘lsa, quyidagi aloqa ma’lumotlari orqali Omonatlarni kafolatlash agentligiga murojaat qilishingiz mumkin.
Agentlikning aloqa ma’lumotlari
Telefon: +998 555 500 500
Veb-sayt: https://fgd.uz
"Omonatlaringiz kafolatlangan"
Bankdagi omonatlar Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kafolatlanadi.
Kafolatlanadigan omonatlarga talab qilib olinguncha omonatlar (shu jumladan bank kartalaridagi mablag‘lar), muddatli va jamg‘arma omonatlari, shuningdek ular bo‘yicha hisoblangan foizlar kiradi.
Kompensatsiya to‘lash muddati. Kompensatsiya bankni tugatish (yopish) to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab 20 ish kuni ichida to‘lanadi.
- 2026-yil 1-yanvardan — 15 ish kuni ichida;
- 2027-yil 1-yanvardan — 7 ish kuni ichida.
Savollaringiz qoldimi?


“Tayanchim” omonatining asosiy afzalligi — foizlar har kuni toʻlanadi. Siz har kuni daromad olasiz va undan omonat muddati tugashini kutmasdan foydalanishingiz mumkin.
Omonatni ikki usulda ochish mumkin: onlayn — identifikatsiyadan oʻtgandan soʻng Tayanch mobil ilovasi orqali; TAYANCH MIKROMOLIYA BANKIning istalgan filialida.
Foizlar har kuni hisoblanadi va har kuni TAYANCH MIKROMOLIYA BANKIda ochilgan hisobvaragʻingizga oʻtkaziladi.
Ha. Mijoz oʻz nomiga bir nechta omonat ochishi mumkin. Bunda bir jismoniy shaxs nomiga ochilgan barcha omonatlarning umumiy summasi 200 000 000 soʻmdan oshmasligi lozim.
Ha. Toʻlangan foizlardan cheklovlarsiz foydalanishingiz mumkin: pul mablagʻlarini oʻtkazishingiz yoki naqd pul yechib olishingiz mumkin. Bunda omonatingiz muddati tugaguniga qadar asosiy summa daromad keltirishda davom etadi.
Ha. Omonatni yopmasdan turib mablagʻning bir qismini yechib olishingiz mumkin. Bunda omonatda kamida 100 000 soʻm qolishi lozim.
Omonat muddatidan oldin yopilganda, foizlar omonatda saqlangan mablagʻning amalda turgan kunlari uchun yillik 16% stavka boʻyicha qayta hisoblanadi. Qayta hisob-kitob natijasida ortiqcha toʻlangan foizlar summasi omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi.
Ha. TAYANCH MIKROMOLIYA BANKIdagi jismoniy shaxslarning omonatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.
