Alimov Zohid Zakirjanovich
Z.Z. Alimov 1984-yil 1-martda Toshkent viloyatida tug'ilgan.
Ma’lumoti oliy. 2005-yilda Toshkent moliya institutini “Buxgalteriya hisobi va audit” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati: Z.Z. Alimov O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy moliya va raqamli bank xizmatlarini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan bank sohasi bo‘yicha tajribali rahbarlardan biri hisoblanadi. O‘zining professional faoliyati davomida u bugungi kunda bank xizmatlari bozori, raqamli banking va innovatsion moliya xizmatlari sohasida muhim o‘rin tutgan yirik moliya tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishida bevosita ishtirok etgan.
Kasbiy tajribasi: Z.Z. Alimovning ekspertiza sohasiga strategik rivojlantirish, bank mahsulotlarini yaratish va takomillashtirish, raqamli transformatsiya hamda mijozlar tajribasini yaxshilashga qaratilgan innovatsion moliyaviy yechimlarni joriy etish kiradi.
Hozirgi vaqtda Z.Z. Alimov "TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI" AJ Boshqaruv Raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.