Iste’molchilar huquqlari

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish

Keng ma’noda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xizmat ko‘rsatuvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarning adolatli bo‘lishini ta’minlaydigan qonunlar hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar majmuasidir.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi odatda tovar va xizmatlar haqida ochiq va to‘liq ma’lumot berishni ta’minlash, bozorda raqobatni rivojlantirish, firibgarlikning oldini olish, iste’molchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish hamda insofsiz xatti-harakatlarga chek qo‘yishni o‘z ichiga oladi.

Agar iste’molchining huquqlari buzilgan bo‘lsa, u nima qilishi kerak?

Avvalo, huquqlari buzilgan taqdirda, bank rahbariyatiga og‘zaki yoki yozma ravishda darhol murojaat qilishi lozim.

Agar iste’molchining huquqlari tiklanmasa, u iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yoki bevosita sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Bundan tashqari, iste’molchi o‘z huquqlarini tiklashni so‘rab, Markaziy bankning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha apellyatsiya bo‘limiga ham murojaat qilishi mumkin.

Hujjatlar